“Talabalarda nutq madaniyatini shakllantirishda badiiy asarlarning o‘rni” mavzusida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

22.02.2019, 16:00 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2157

2019 yil 21 fevral kuni institut farmatsiyasi fakulteti 1 kurs 108 B guruh talabalari o‘rtasida “Talabalarda nutq madaniyatini shakllantirishda badiiy asarlarning o‘rni” mavzusida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Tadbirda yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova tomonidan targ‘ibot ishlari olib borildi. Suhbat jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi F-4789-son “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi Farmoyishi ijrosini ta’minlash, mamlakatimizda yoshlarning ijtimoiy-ma’naviy bilimlarini yanada mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni  aniqlash, jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlarning dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirish, shuningdek yoshlarni Vatanimiz, xalqimiz, milliy qadriyatlarmiz, tarixiy-ma’naviy merosimizga hurmat va sadoqatli qilib tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual salohiyatini shakllantirishda badiiy asarlarning o‘rni xususida ma’lumot berib o‘tdi. Suhbat jarayonida talabalar ham o‘z fikr mulohazalari bilan ishtirok etdi.

      

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat  bo‘limi boshlig‘i

N.X.Ashurova

 

Institut  matbuot kotibi

N.L.Usmanova