Ijtimoiy fanlar kafedrasining “Yosh siyosatchi” to‘garagida ma’naviy tadbir o’tkazildi.

22.02.2019, 12:42 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2150

2019 yil 22-fevral kuni kafedra dotsenti I.X.Qo‘ng‘irov, katta o‘qituvchi D.Adruraximova, o‘qituvchi  P.A.Aduqodirov  “Yosh siyosatchi” to‘garagida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 28 dekabrdagi 2019 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risidagi Parlamentga Murojaatnomasi bo‘yicha taqdimot namoyish etdilar va  davra suhbati o‘tkazdilar. Suhbat so‘ngida talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha ma’sul:

D.M.Abduraximova