“Sog‘lom turmush tarzini yuritish, sog‘lom oila qurish, sog‘lom farzandni dunyoga keltirish” mavzusida yig‘lish tashkil etildi.

21.02.2019, 15:43 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2573

Oila jamiyatning asosi. Oilalar qancha mustahkam bo‘lsa, jamiyat shuncha ravnaq topadi. Bugungi kunda ma’nan yetuk, salohiyatli, jismonan baquvvat yoshlarni tarbiyalash, voyaga yetkazish juda muhim vazifalardan biridir. Buning uchun voyaga yetayotgan har bir yigit-qizdan oila atalmish muqaddas qo‘rg‘onni sog‘lom poydevor asosiga tiklashi talab etiladi. Bunday masalalarni yoshlar ongiga singdirish maqsadida 2019 yil 20-fevral  kuni soat 1600da Toshkent farmatsevtika  institutida “Sog‘lom turmush tarzini yuritish, sog‘lom oila qurish, sog‘lom farzandni dunyoga keltirish”  mavzusida  yig‘lish tashkil etildi. Mazkur majlisda  Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.H.Ashurova, institut tarbiyachi-pedagogi N.Yusupova va institut psixologi S.Azlarova  mavzuga oid  masalalar yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bordilar. Yig‘lish institutning talabalar turar joyida yashovchi qizlar o‘rtasida o‘tkazildi.

     

     

Institut  matbuot kotibi

   N.L.Usmanova