“O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zosi bo‘lgan talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomi”da keltirilgan shartlar asosida talabalar bilan suhbat o‘tkazildi

20.02.2019, 18:50 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2133

     Mustaqillik yillaridan boshlab mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat  ruhida tarbiyalash, ma’nan yetuk va jismonan sog‘lom barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.

     2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish bilan bog‘liq bir qator yangi va muhim vazifalarni belgilab berganini alohida qayd etish joiz. Shuningdek  Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining  a’zolari, institut yetakchilari, faollari o‘rtasida ham  qulayliklar yaratildi. Jumladan  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Moliya vazirligining 2018 yil 10 yanvardagi 2961– raqami bilan ro‘yxatga olingan qarori  ya’ni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zosi bo‘lgan talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.  
Unga ko‘ra
Yoshlar ittifoqining OTM dagi boshlang‘ich  tashkiloti faoliyatida faol  ishtirok etish hamda o‘qishdagi a’lo ko‘rsatkichlar (o‘rtacha reyting balli 86% va undan yuqori bo‘lishi) moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun majburiy shartlar hisoblanadi. Moddiy qo‘llab-quvvatlash Yoshlar ittifoqi tomonidan talabaning o‘qishi uchun to‘lanadigan yillik to‘lov-kontrakt miqdorining  35%ini to‘lab berish orqali amalga oshiriladi. Bunda talaba to‘lovning qolgan qismini (ya’ni, 65%ini) o‘z vaqtida to‘lashi shartdir.

      2019  yilning 19 fevral kuni Toshkent farmasevtika institutida murabbiylar kengashi raisi N.Salimsakova, Sanoat farmatsiyasi fakulteti dekani Z.U.Mamatqulov,Yoshlar bilan ishlash – ma’naviyat  va ma’rifat  bo‘limi boshlig‘I  N.X.Ashurova, farmatsiya fakultetining o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini O‘.Yunusov, Yoshlar ittifoqi b/t  institut yetakchisi F.Namozov,institut  tarbiyachi pedagogi N.Yusupovalar boshchiligida hakamlar hay’ati tuzildi. Mazkur hayat a’zolari ishtirokida “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zosi bo‘lgan talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomi”da keltirilgan shartlar asosida talabalar bilan suhbat o‘tkazildi, xujjatlari ko‘rib chiqildi hamda nizomga asosan baholandi.

Institut  matbuot kotibi  N.L.Usmanova