O’zbekiston Хalqaro Islom akademiyasiga tashrif

20.02.2019, 18:41 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2276

        2019 yilning  16 fevral kuni soat 10:30 da O‘zbekiston Xalqaro Islom  akademiyasida, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T.Narbaeva   boshchiligida seminar tashkil etildi. Mazkur  seminarda barcha oliy ta’lim muassasalarining xotin-qizlar qo‘mitasi raisi va yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshliqlari qatnashdilar. Jumladan seminarda Toshkent farmasevtika institutidan yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i  N.X.Ashurova hamda xotin-qizlar qo‘mitasi raisi B.Boltaevalarning  ishtiroki ta’minlandi. Mazkur yig‘ilishda Toshkent shahridagi har bir tashkilot va muassasalalardan “Lider ayollar”ni tanlash va ularni rahbarlikka tayyorlash hamda ayollarni deputatlikka saylash jarayonlariga oid mavzularda soxa maxassislari tomonidan qiqizqarli ma’ruzalar qilishdi. Seminar qatnashchilari  o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilib mutaxassislar tomonidan tegishli javoblarni oldilar.

Institut  matbuot  kotibi  N.L.Usmanova