Organik va biologik kimyo kafedrasiga institut Akademik litsey o‘quvchilarning tashrifi.

15.02.2019, 14:06 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2633

 2019 yil 14 fevral kuni organik va biologik kimyo kafedrasining 46 va 49 xonalarda Toshkent farmasevtika instituti akademik litsey 3 kurs 3-3TR guruh o‘quvchilari bilan “Spirtlar” mavzusida laboratoriya mashg‘ulot darsi o‘tkazildi. Litsey o‘quvchilarning mavzu yuzasidan bilimlarni tekshirish maqsadida ular bilan blis-so‘rov o‘tkazildi va “Spirtlar nima?”, “Ular qanday bo‘ladi?”, “Nimadan olinadi?”, “Spirtlar qaysi reaksiyalarni beradi” kabi savollar berildi. Mavzu yuzasidan videoroliklar namoyish etildi hamda etil spirtning kaliy permanganat va kaliy bixromat bilan oksidlanish reaksiyalari, glitserinni yangi tayyorlangan mis (II) sulfat bilan o‘zaro reaksiyasi litsey o‘quvchilari tomonidan tajribalar qilindi. Laboratoriya darsini dotsent Po‘latova F.O., katta o‘qituvchi Chinibekova N.K., assistentlar Tursunkulov J.B., Yakubova U.X. o‘tkazdilar. Laboratoriya darsi institut litsey kimyo fani o‘qituvchi Qobulova N. bilan birgalikda oborildi, 30 nafar litsey o‘quvchilari qatnashdi.

Laboratoriya ishlarni bajarilgandan so‘ng kafedra mudiri, professori Karimov A. litsey o‘quvchilarni to‘g‘ri kasbga yo‘naltirish maqsadida “Men tanlagan kasbimdan faxrlanaman» mavzusida davra suhbat o‘tkazdi. Suhbatda Toshkent farmasevtika instituti tarkibidagi fakultetlar va bu fakultetlardagi yo‘nalishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Litsey o‘quvchilari suhbatda faol qatnashib, bergan savollarga to‘liq javoblarni oldilar.

     

     

     

 

Organik va biologik kimyo kafedrasi