Toshkent shahar Mirobod tumanida joylashgan 328, 296-sonli umumta’lim maktab o‘quvchilarining Toshkent farmatsevtika institutiga tashrifi.

14.02.2019, 15:56 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2509

Prezidentimiz rahnamoligida navqiron avlodning har tomonlama barkamol  ulg‘ayishi, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta o‘zlashtirishi, iste’dod va salohiyatini namoyon etishi uchun barcha sharoit yaratilmoqda.  O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonuni bu borada muhim dastur bo‘lib kelmoqda.  Yoshlarga oid  davlat siyosatining amalga oshirilishi samarasida mahalliy hokimliklar, huquqni muhofaza qilish idoralari, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilalar hamkorligi yanada mustahkamlanmoqda. Ayniqsa, yoshlarni o‘quvchilik davridan boshlab kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini yuksaltirishda bu muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadda 2019  yil 13 fevral kuni Toshkent shahar Mirobod  tumanida joylashgan  328 , 296- sonli  umumta’lim maktablarining 10-11 sinf o‘quvchilari Toshkent farmasevtika institutiga tashrif buyurdilar.        Ular  kelajakda mazkur institutga hujjat topshirib ushbu sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lishni oldilariga maqsad qilgan o‘quvchi yoshlardir.

Toshkent farmasevtika institut tarbiyachi-pedagogi N.E.Yusupova va Yoshlar ittifoqi B/T institut yetakchisi F.Namozov  ishtirokida o‘quvchi yoshlarni kasbga yo‘naltirish yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bordilar.  Jumladan, institut faoliyati, fakultetlar, kirish imtihonlari, yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar xususida ma’lumotlar berildi. Bitiruvchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollarga mutaxassislar tomonidan kerakli javoblarni oldilar.

O‘quvchilarni institut Yoshlar ittifoqi B/T institut yetakchisi F.Namozov  hamda Yoshlar ittifoqining  institut faollari boshchiligida  institut muzeyi, kafedralar, labaratoriya xonalari, sinov amaliyoti uchun parvarish qilinayotgan xayvonlar va texnik jihozlar  bilan tanishtirib chiqdi. Shundan so‘ng koordinatsion birikmalar sintezi biologik faol moddalar farmako-toksikologik tahlil labaratoriyasi bilan o‘quvchilarni yaqindan tanishtirib faoliyati xususida ma’lumotlar berildi.

     

     

     

Institut  matbuot kotibi

  N.L.Usmanova