Sog‘liqni saqlash vazirligi lavozimlari ro‘yxatiga yangi lavozimlar kiritildi

14.02.2019, 12:29 Xalqaro yangiliklar, Yangiliklar 2031

Ro‘yxatiga “O‘zbekiston Respublikasi Bosh psixiatri” va “O‘zbekiston Respublikasi Bosh suitsidologi” lavozimlari kiritildi.

 

2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qaror bilan 2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasi hamda ushbu Konsepsiyani amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi.

Konsepsiyaning asosiy vazifalaridan biri ruhiy holati buzilgan shaxslar manfaatlari yo‘lida ma’muriyatchilik sifatini oshirish, psixiatriya xizmati bilan davlat va nodavlat tashkilotlar o‘rtasida samarali hamkorlik tizimini shakllantirish hisoblanadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi lavozimlari ro‘yxatiga “O‘zbekiston Respublikasi Bosh psixiatri” va “O‘zbekiston Respublikasi Bosh suitsidologi” lavozimlari kiritildi.

Ruhiy holati buzilgan shaxslar ularga psixiatriya yordami ko‘rsatilishi vaqtida bepul yuridik yordam olish huquqiga ega ekanligi belgilandi.

Yangi tahrirdagi “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi qonun ishlab chiqilib, unda aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish sohasidagi vakolatli davlat organlari funksiyalari hamda vakolatlari aniq chegaralanishi nazarda tutiladi.​​

 

O‘zA

 

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova