Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ogohlantiradi: Musiqa ovozini pasaytiring!

14.02.2019, 11:30 Xalqaro yangiliklar, Yangiliklar 2354

Aks holda, qo‘shiq shinavandalarining butun avlodi audio qurilmalardagi musiqaning baland shovqini tufayli eshitish qobiliyatini yo‘qotishi mumkin.

Bugungi kunda jahonda 466 million kishi karlikdan aziyat chekmoqda. Vaholanki, bu ko‘rsatkich 2010 yilda 366 millionni tashkil etgan. Demak, sayyoramizda eshitish qobiliyatini yo‘qotayotgan insonlar soni shiddat bilan oshib bormoqda.

“Euronews“ning yozishicha, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti departamenti boshlig‘i Shelli Chadla shu kabi xavotir bilan audio qurilmalar ishlab chiqaruvchilariga murojaat bilan chiqqan.

“Biz qurilmalarga baland tovushlarni avtomatik tarzda cheklaydigan, pasaytiradigan va ota-ona nazorati funksiyalarini kiritishni tavsiya qilamiz “ deyiladi murojaatdan keltirilgan iqtibosda.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, jahonda 1,1 milliardga yaqin yoshlar (12 dan 35 yoshgacha bo‘lganlar) dam olish va ko‘ngilochar maskanlaridagi musiqa shovqini tufayli eshitish qobiliyatini yo‘qotish xatariga duch kelmoqda.

Malohat Husanova, O‘zA

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova