“Dori turlari tеxnologiyasi” kafеdrasi professor-o’qituvchilari, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat  va ma’rifat bo’limi, institut tarbiyachi-pedagogi bilan birgalikda  ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

13.02.2019, 15:57 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2097

 13.02.19 yil soat 14.00da Z.M.Bobur tavallud topgan kuniga bag’ishlab “Zahiriddin Muhammad Bobur ijodida vatanparvarlik tuyg’ulari” mavzusida  O’zbеkistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, shoir va tarjimon Rustam Musurmon va O’zbеkiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi va tarixshunos olim Bahodir Qobul bilan katta majlislar zalida uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuvga kelgan mehmonlar Boburning katta hajmdagi davlat ishlari, shuningdek uning adabiy-badiiy faoliyati, asarlari haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishtirdilar va  o’zlarining ijod namunalaridan o’qib eshittirdilar.

     

     

 

                        Kafedra mudiri, prof.                       Yo.S.Kariyeva