Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida turk tili va madaniyati markazi ochildi

09.02.2019, 22:08 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2383

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-nazariy anjuman o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik.

Mazkur anjuman doirasisda universitetda Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda Turk tili va madaniyati markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda Turkiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Mehmet Sureyya Er janoblari hamda O‘zbekiston va Turkiyaning eng mashhur universitetlari olimlari ishtirok etishdi.

Ushbu markazda endilikda turk tilini o‘rganuvchilar uchun maxsus to‘garaklar, turli adabiy-badiiy kechalar o‘tkaziladi. Qolaversa, Turkiya ilm muassasalari bilan hamkorlikda loyihalar ham mazkur markazda muvofiqlashtiriladi.

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova