DTT kafedrasida Farmatsevtik texnologiya fanidan “Gomogen surtma dorilar tayyorlash” mavzusida ochiq ma’ruza o‘tkazildi.

09.02.2019, 14:28 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2133

2019-yil 9-fevral sanasida DTT kafedrasi “Farmatsevtik texnologiya” fanidan “Gomogen surtma dorilar tayyorlash” mavzusida ochiq ma’ruza o‘tkazildi.

Mazkur ochiq ma’ruza Farmatsiya fakulteti 3-kurs 2-oqim talabalari DTT kafedrasi v/b dotsenti, f.f.d. I.Sh.Sharipova boshchiligida olib borildi. Ma’ruza jarayonida talabalar bilimi “Assessment”, “Aqliy hujum” interfaol usullarini qo‘llagan holda aniqlandi. Gomogen surtmalarda qo‘llaniladigan asoslar, gomogen surtma dorilarni tayyorlash texnologiyasi va sifatini baholash bo‘yicha talabalar o‘rtasida amaliy ko‘nikmalar shakllandi. Ochiq ma’ruzada kafedra o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

    

DTT kafedrasi