Organik va biologik kimyo kafedrasining Toshkent shahri Yunusobod tumandagi 274-sonli maktabiga tashrifi.

09.02.2019, 14:13 Institut yangiliklari, Yangiliklar 3171

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2018-yil 29-martdagi 3018-sonli buyrug‘ini hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining 2018-yil 15-oktabrda yuborilgan 09-2520-sonli topshiriq xati ijrosini ta’minlash maqsadida 2018-yil 14-yanvar va 31-yanvar kunlari “Organik va biologik kimyo” kafedrasi mudiri, professor A.Karimov, dotsent F.O.Po‘latova, A.N.Maqsudova, G.Yu.Malikova, katta o‘qituvchi I.Sh.Kucharova, N.Chinibekova va assitent J.Tursunkulov kabi professor – o‘qituvchilar Yunusobod tumandagi 274-umumta’lim maktabiga tashrif buyurdilar. Kafedra o‘qituvchilari uchrashuvda o‘quvchilarga “Tinchlik va osoyishtaligimiz – eng katta boyligimiz!”, Diniy ekstremistik, terroristik va fundamentalistik mafkura va qarashlarni, millatlararo va diniy ziddiyatlarni targ‘ib qiluvchi oqimlarning asosiy maqsadini fosh etish mavzulari yuzasidan davra suhbatlari olib bordilar. O‘quvchilarga O‘zbekiston davlatimiz Mustaqil deb e’lon qilingandan buyon 27 yil mobaynida yurtimizda hurmatli sobiq Prezidentimiz I.A.Karimov va hozirda ularni ishlarini rivojlantirib oqilona siyosat olib borayotgan muhtaram Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev kabi jonkuyar, o‘z xalqini sevuvchi rahnomalar tufayli xalqimizning tinchligi va osoyishtaligi saqlanib kelinayotganligi, hamda yurtimizda tinchlik barqarorligi, o‘z uyimizni vatanimizni turli diniy ekstremistik, terroristik va fundamentalistik mafkura va qarashlardan, millatlararo va diniy ziddiyatlarni targ‘ib qiluvchi oqimlardan himoya qiluvchi yuksak ma’naviyatga boy insonlarimiz va milliy armiyamiz – Qurolli kuchlar akademiyasi xodimlarining sayihi harakatlari bilan Vatanimizni himoya qilinayotganligi tushuntirib berildi. Shuning uchun davlatimiz rahbari, Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” deb e’lon qilganligi kabi mavzularda o‘quv xonalarda va maktab faollar zalida suhbatlar uyushtirildi va o‘quvchilar tomonidan senariy lavhalar taqdim etildi.

    

     

Undan tashqari, kafedramizning bir qator o‘qituvchilari 274-maktab direktori S.U.Mahkamov tomonidan 31-yanvar kuni tashkil etilgan tadbirda taklif etildilar. Bu tadbir O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan uyushtirilgan 90 yoshni qarshilayotgan Akademik Sobir Mirvaliyev qalamiga mansub “Abdullo Qodiriy kashfiyoti” nomli kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda ishtirok etgan mehmonlar Tibbiyot fanlari doktori, professor Erkin Tursunov, Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi katta ilmiy xodimi Baxtiyor Toirov, Turon Fanlar akademiyasi akademigi Bahodir Valiyev, O‘zbekiston Xalq O‘qituvchisi Komil Mansurov, Nuroniy jamg‘armasi faxriy ijodkorlar guruhi a’zosi Gulchehra Karimova, Oq tepa MFY oqsoqoli Nuriddin Jalolov, Oq tepa maxallasi Jomiy masjidi imomi Nurillo domla, maxallaning yoshi ulug‘ fuqarolari va 274-maktab o‘qituvchi, o‘quvchilari hamda “Organik va biologik kimyo” kafedrasi o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar. Taqdimot juda yuksak darajada ma’naviy, ruhiy va ilmiy manbalarga boy tarzda olib borildi.

     

     

Organik va biologik

kimyo kafedrasi