Buxoro Davlat Tibbiyot Univesitetida mehmon bo‘lib turgan Turkiya davlati Marmara universitetining “Klinik farmatsiya” kafedrasi professori Shule Rabus tomonidan Toshkent farmasevtika instituti “Farmakologiya va klinik farmatsiya” kafedrasi bilan birgalikda onlayn ma’ruza bo‘lib o‘tdi.

08.02.2019, 16:29 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2372

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909 sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017 yil 5 maydagi  PQ-2956 sonli  “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy ta’limni yanada isloh qilish” chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-sonli “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora–tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 fevraldagi PQ-3532-sonli “Farmasevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Turkiya davlati Marmara universitetining “Klinik farmatsiya” kafedrasi professori Shule Rabus tomonidan “Stenokardiyani davolashda dori vositalarning klinik farmakologiyasi” mavzusida onlayn ma’ruza o‘tilib yangi ma’lumotlar asosida yoritib berildi. Zamonaviy dori vositalar bilan davolashda dori vositalarning ishlatilishi va farmakologik ta’sirlari, farmakokinetikasi va farmakodinamikasi bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Bu ma’ruzada “Farmakologiya va klinik farmatsiya” kafedrasi barcha xodimlari hamda 5 kurs talabalari ishtirok etishdi.

Onlayn ma’ruza tajriba almashinish maqsadida o‘tkazilgan bo‘lib, barcha ishtirokchilar qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Onlayn-leksiya, institutning kichik faollar zalida tashkillashtirilgan bo‘lib, o‘qituvchilar va talabalarning malakaviy bilimlarni oshirish uchun ilmiy hamda amaliy  malakasini oshirishini ta’minlaydi. Hozirda o‘quv jarayoniga olingan bilimlar va yangiliklar tatbiq etilmoqda.

     

Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi