“Plantaglyusid novogalen preparatni tayyorlash texnologiyasi” mavzusidagi ochiq laboratoriya mashg‘uloti o‘kazildi.

08.02.2019, 12:04 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2720

Farmatsiya fakulteti, kasbiy ta’lim yo‘nalishi 4-kurs 401-A guruh talabalariga 2019-yil 5-fevral soat 1200da Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi S.T.Sharipovaning 110-auditoriyada “Tayyor dori turlari texnologiyasi” fanidan “Plantaglyusid novogalen preparatini tayyorlash texnologiyasi” mavusidagi ochiq laboratoriya mashg‘uloti o‘tkazildi. Laboratoriya mashg‘uloti novogalen preparatlarining tarixi, ta’rifi, tavsifi va tasnifi, preparatlarni yot moddalardan tozalash usullari, korxona sharoitida ishlab chiqarish texnologiyasi. Korxonada ishlatiladigan asbob-uskunalar, ularning tuzilishi va ishlash prinsiplari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Ochiq laboratoriya mashg‘ulotida axborot texnologiyalar va videorolikalardan foydalanildi. Pedagogik texnologiyadan aqliy xujum, klaster va “BBB”. usullaridan qo‘llanilib mashg‘ulot olib borildi. Dars oxirida ushbu mavzu bo‘yicha qiziqarli munozaralar va savol-javoblar bo‘ldi.

    

Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasi