Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda murabbiylar faolligi.

07.02.2019, 18:00 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2239

Toshkent farmasevtika institutida 2019 yili 7 fevral kuni soat 11.20 da yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda tashkil etilayotgan tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida “Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda murabbiylar faolligi” va “Ma’naviyat kuni” tadbirlarining samaradorligini oshirish va rasmiylashtirish jarayonlari” mavzularida yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilish institut kafedralaridagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul professor-o‘qituvchilar, mutasaddi rahbarlar, mas’ul xodimlar o‘rtasida o‘tkazildi. Yig‘ilishni yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i N.X.Ashurova ochib berdi va mavzu yuzasidan targ‘ibot ishlarini olib bordi. Shuningdek, institut rektori topshirig‘i bilan institutdagi barcha kafedralar ma’naviy-ma’rifiy sohaga oid rasmiy hujjatlar va tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida tekshirish ishlari olib borilganligi va mazkur nazorat ishlarining natijalari e’lon qilindi. Aniqlangan kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etilganligi va mas’ul o‘qituvchilarga hujjatlarni rasmiylashtirishda takliflar berildi. Shundan so‘ng, “Murabbiylar” kengashi raisi N.S.Salimsakova  “Ma’naviyat kuni” tadbirlarining samaradorligini oshirish va rasmiylashtirish jarayonlari” va tarbiyachi-pedagog N.E.Yusupova “Talabalar turar joyida amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish” mavzularda ma’lumotlar berib o‘tdi.

     

     

Institut  matbuot  kotibi   N.L.Usmanova