Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish choralari.

07.02.2019, 17:29 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2403

Mamlakatimizda jinoyatchilik va uni keltirib chiqaruvchi sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Bu yo‘nalishda yoshlarning  huquqbuzarlik yo‘liga o‘tishlarining oldini olishga katta e’tibor qaratilayapti.

Jamiyatdagi barcha nojo‘ya­ holatlar, jum­ladan, oilada­gi notinchlik, ta’lim muassasalari ishida­gi va boshqa sohalardagi kamchiliklar yoshlarning nor­mal rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Huquqbuzarlik sodir etgan yoshlarning 62,2 foizi bo‘sh vaqtlarini ko‘chada o‘tkazishadi.

Bunday salbiy holatlarning oldini olish uchun, avvalambor, axborot-tahlil ishlarini­ yo‘lga qo‘yish lozim.

Shuningdek, yoshlar hu­quqbuzarliklarini baholashda ularning yuzaga keli­shiga ta’sir etuvchi omillarni inobatga olish, u yoki bu hududda ma’lum bir tur­dagi, ayniqsa, og‘ir oqibatlarni keltirib chiqaruvchi jinoyatlarning sabablarini tahlil etish muhim ahamiyatga ega. Bu borada yurtimizdagi OTMlarda  ko’plab yig’lishlar, Tushuntirish ishlari olib borilmoqda. 2019 yil 7 fevral kuni soat 12-00 da  Toshkent farmatsevtika insitutining katta faollar zalida “Yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikni bartaraf etish choralari”, “Odam savdosining oldini olishda yoshlar faolligi” mavzularida ma’naviy ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Yig’lish institut yoshlar bilan ishlash-ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, institut tarbiyachi pedagogi N.Yunusova, institut psixologi S.Azlarova tashabbusi bilan tashkillashtirildi.

Tadbirni  farmatsiya fakulteti dekani O.I.Xudoyberdiyev kirish so’zi bilan ochib berdi.

Toshkent Davlat yuridik universiteti “Jinoyat huquqi va kriminalogiya” kafedrasi o‘qituvchisi To‘rabaeva Ziyoda “Huquqbuzarlik va jinoyatchilikni kelib chiqish sabablari”, Toshkent shahar Mirobod tumani IIO FMB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘limi tezkor vakili Tursunov Sirojiddin “Odam savdosining oldini olishda yoshlar faolligi”, Toshkent shahar Mirobod tumani IIO FMB IIB XPB   inspektori Naberaeva Venera Munirovna “Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish choralari” kabi mavzularda ma’ruza o’qidilar. Tadbir so’ngida mavzuga oid video film namoyish etildi hamda  talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va mutaxassislar tomonidan javoblar oldilar.

Tadbirda jami 200 nafar talabalarning ishtiroki ta’minlandi.

     

     

     

Institut  matbuot  kotibi   N.L.Usmanova