“Jinoyatlarning kelib chiqish sabablari”, “Korrupsiya-milliy xavfsizlikka tahdid” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

05.02.2019, 17:17 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2927

Sir emaski, dunyodagi barcha mamlakatlar taraqqiyotiga salbiy ta’sir etayotgan illatlardan biri — korrupsiyadir. Korrupsiya — mansabdor shaxslarning, davlat xizmatchilarining o‘z xizmat vazifalarini suiiste’mol qilishlari, mansab vakolatidan  foydalanib, jinoyat olami vakillariga vositachilik qilishlaridir. Korrupsiya va poraxo‘rlik davlatni ich-ichidan yemiradigan kuch ekanligi barchaga ma’lum. Bugungi kunga kelib jinoyatning bu turi global muammo kasb etmoqda.Buni oldini olish maqsadida barcha tashkilotlar, oliy ta’lim muassasalari, maktab va litseylarda “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzularida tadbirlar tashkil etib borilmoqda. Jumladan  2019 yil 5 fevral kuni Toshkent farmatsevtika institutida “Jinoyatlarning kelib chiqish sabablari”, “Korrupsiya-milliy xavfsizlikka tahdid” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil  etildi. Mazkur tadbir Toshkent  shahar Ichki Ishlar Bosh Boshqarmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi  hodimlari hamkorligida institut professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida “o‘tkazildi.

Tadbirni institutning Ilmiy ishlar va innovatsion sohalar bo’yicha prorektor N.S.Normahamatov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Toshkent shahar Ichki Ishlar Bosh Boshqarmasi jinoyat qidiruv boshqarmasi o‘rinbosari, podpolkovnik Ahmedov Sayfullo Nigmatovich “Jinoyatchilikning  kelib chiqish sabablari” mavzusida talabalarga ma’lumot berdi.

Toshkent shahar Ichki Ishlar Bosh Boshqarmasi jinoyat qidiruv boshqarmasi, Toshkent shahar Ichki Ishlar Bosh Boshqarmasi jinoyat qidiruv boshqarmasi, iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo’lim boshlig’i o‘rinbosari, podpolkovnik Hasanov Abdurahim Vahobovich “Voyaga yetmagan yoshlar orasida jinoyatchilik”,  Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lim boshlig‘i, siyosiy fanlar doktori Musaev Mansur Tursunpo‘latovich “Ta’lim tizmida korrupsiyaga o‘rin yo‘q”, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lim boshlig‘i siyosiy fanlar nomzodi Mamatqobilov Tursunmurod Doniyorovich “Korrupsiya – kelajak avlod ta’lim tarbiyasiga salbiy ta’sir etuvchi omildir” mavzularida ma’ruzalar o‘qishdi.

      

     

     

 Institut matbuot kotibi   N.L.Usmanova