Toshkent moliya institutida barcha  Oliy o‘quv yurtlarining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektorlari ishtirokida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

04.02.2019, 17:02 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2335

     Joriy yilning 2 fevral kuni Toshkent moliya institutida barcha  Oliy o‘quv  yurtlarining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektorlari ishtirokida o‘quv-seminar  tashkil etildi. Mazkur seminarda Toshkent  farmatsevtika institutidan  yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’I   N.X.Ashurova ishtirok etdi.

Seminarni  Toshkent moliya  instituti rektori U.Azizov kirish so‘zi bilan ochib berdi va tadbir ishtirokchilarini tanishtirib o‘tdi. Tadbirda Toshkent shahar bosh imomi va “Minor” jome masjidi imom xatibi Raximberdi domla Raxmonov “Yoshlar tarbiyasida dinning o‘rni” mavzusida; Epidemiologiya, mikrobilologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Nurmat Atabekov “Sog’lom turmush tarzi va yuqumli kasalliklar profillaktikasi” mavzusida; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati, Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalar qo‘mitasi a’zosi Rasul Kusherbayev “Yoshlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishning dolzarb masalalari” mavzusida; institut BILM-60 akademguruhi murabbiysi Dilafro‘z Xudoyberdiyeva “Murabbiylar faoliyatini samarali tashkil etish hamda talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish”  mavzusida;  TMI Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Farxod Muxamedov “Toshkent moliya institutida yoshlar bilan ishlash, o‘quv-tarbiyaviy sohalarda olib borilayotgan ishlarning tashkil etilishi” mavzusida; institut Ishlar boshqarmasi boshlig’i K.Urazaliyev, Bosh buxgalter Sh.Zokirov, Reja-moliya bo‘limi boshlig’i A.Norqulovlar  “Daromadlar va harajatlar smetasida OTM ma’naviy-ma’rifiy ishlarga xarajatlarning rejalashtirilishi va sarflanishi to‘g‘risidagi ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. O‘quv-seminari savol-javoblar va baxs-munozaralarga boy bo‘ldi. O‘quv-seminarning ma’ruzalar qismidan so‘ng seminar qatnashchilari TMI sport majmuasiga tashrif buyurdilar. Majmuada ular ommaviy badantarbiya mashqlarini o‘tkazib, sport bilan shug‘ullandilar, guruhlarga bo‘lingan holda sport musobaqalarida ishtirok etdilar. O‘quv-seminari yakunida vazirlik boshqarma boshlig‘i O.Bazarov va boshqarma boshlig‘i muovini N.Rahmonovlar prorektorlarga ular oldida turgan dolzarb vazifalar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar. O‘quv-seminari yuqori saviyada tashkil etildi va O‘zbekiston 24 kanali orqali yoritildi.

    

   

Institut  matbuot kotibi  N.L.Usmanova