“Jahon adabiyoti” jurnali tahririyati nashrda 2018 yili e’lon qilingan eng yaxshi asarlar tanlovi g‘oliblarini e’lon qildi.

02.02.2019, 19:47 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2549

“Jahon adabiyoti” jurnalida 2018 yili e’lon qilingan eng yaxshi asarlar tanlovining
eng yaxshi she’riy tarjima yo‘nalishi bo‘yicha ZUHRIDDIN ISOMIDDINOV
qirg‘iz xalq eposi — “Manas” dostoni tarjimasi uchun tahririyatning
Ozod Sharafiddinov nomidagi mukofotga sazovor bo‘ldi.

Eng yaxshi nasriy tarjima yo‘nalishi bo‘yicha MEHMONQUL ISLOMQULOV
qozoq adibi Marhabat BOYG‘UTNING “Hokimning ayoli” hikoyasi tarjimasi
uchun tahririyatning Ozod Sharafiddinov nomidagi mukofotga sazovor bo‘ldi.

Tanlovning eng yaxshi ilmiy-adabiy, ijtimoiy-falsafiy asar  yo‘nalishida Qarshi davlat universiteti professori, adabiyotshunoslik kafedrasi mudiri Nafas Shodmonov “Go‘zallik, ishq va iztirob sharhi” maqolasi uchun tahririyatning Ozod Sharafiddinov nomidagi mukofotiga sazovor bo‘ldi.