“Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘anievich Karimovning 81 yilligi” mavzusida tadbir tashkil etildi.

31.01.2019, 17:06 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2709

     Ma’lumki,  30-yanvar kuni mustaqil davlatimiz asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tavalludining 81 yilligi mamlakatimizda keng nishonlandi. Shu munosabat bilan davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 27-noyabrda qabul qilingan qarori asosida yurtimizda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Samarqand shahrida Islom Karimov maqbara majmuasi, Qarshi shahrida esa Birinchi Prezidentimiz hotirasiga bag‘ishlab haykal bunyod etildi. Shu bilan birga, Islom Karimovning g‘oyat serqirra hayoti va faoliyatini keng targ‘ib etish bo‘yicha ko‘plab madaniy-ma’rifiy ishlar amalga oshirildi. Bir qancha ilmiy-ommabop kitoblar, jumladan, Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asari nashr etildi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida shunday deydi: “Islom Abdug‘aniyevich Karimov o‘zining Prezident sifatidagi butun hayoti va faoliyatini yurtimizda yangi davlat, yangi jamiyat barpo etish, mustaqilligimizni mustahkamlash, o‘zbek nomini, O‘zbekiston nomini butun dunyoga tarannum etishdek ulug‘ maqsadga bag‘ishladi”.

Shuning uchun ham bu tarixiy sanani har tomonlama yuksak darajada ko‘plab tashkilotlarda nishonlandi. Jumladan,  2019 yil 30 yanvar kuni Toshkent farmatsevtika institutining katta faollar zalida soat  14-00 da “Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘anievich Karimovning 81 yilligi”  mavzusida  ma’naviy-ma’rifiy tadbir  tashkil etildi. Tadbirda Milliy tiklanish demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi, Toshkent shahar Mirobod tumani hokimyati,  hamda institut professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.  Tadbirni institut  sanoat-farmatsiyasi fakulteti dekani  X.Sh.Ilxomov kirish so‘zi bilan ochib berdi va birinchi Prezidentimiz I.Karimov haqida ularning yurtimiz ravnaqi,kelajagimiz bo‘lmish yoshlar ularni barkamol bo‘lib ulg‘ayshida qo‘shgan hissasi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Yig‘lishni O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi  hodimi  Safoeva Dilfuza Solimovna “Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovni xotirlab” mavzusidagi ma’ruzasi bilan davom ettirdi. Shuningdek  Toshkent shahar Mirobod tumani X­alq deputati Qulmatova Gulbahor Baratovna “Islom Karimov mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi”, O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi Mirobod tumani kengashi raisi G‘aniev  Mohir Abduxalikovich “Islom Karimov buyuk davlat va siyosat arbobi” kabi mavzularda  ma’ruza o’qidilar. Tadbir so‘ngida mavzu yuzasidan savol javoblar bo‘ldi.

Institut  matbuot kotibi N.L.Usmanova