Talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, ahloqiy va umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib qilishga hamda o‘z maqsadlari va  qadriyatlarini anglashlariga qaratilgan “Hayot qadri  haftaligi” aktsiyasi

31.01.2019, 08:41 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2417

Ma’lumki talabalik davri insonning hayotidagi eng ahamiyatli davr hisoblanadi. Bu davrda insonda mustaqillik, ijodiy faoliyat yo‘nalishlari, shaxsiy va kasbiy qadriyatlar shakllanadi. Ammo, ba’zan ish, o‘qish, oila, do‘stlar bilan bo‘lib, talabalar o‘zlarining maqsadlari, yutuq va kamchiliklarini tahlil qilishga ko‘p xam ahamiyat qaratmaydilar. Ayniqsa tehnika rivojlanib, ko‘p vaqtimiz internet va ijtimoiy tarmoqlarga sarf bo‘layotgan vaqtda talabalarning reallikdan ko‘ra virtual hayotga qiziqishlari kun sayin oshib bormoqda.

2-kun. “Yil tahlili”

Mazkur aksiyani o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad;

-o‘tib borayotgan 2018 yilda talabalar qanday ishlarni amalga oshirganlari;

-yil boshida qo‘ygan maqsadlariga qay darajada erishganlarini tahlil qilishlariga undash;

-talabalar vaqtning qadrlashlariga va uni to‘g‘ri rejalashtirishlariga erishish;

     

     

                                                Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova

                             Institut psixologi S.Azlarova