Shayxontohur tumanidagi 254-sonli maktab o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha maktab o‘quvchilarining tashrifi.

30.01.2019, 18:17 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2713

  1. O‘quvchilarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish maqsadida ( fan arboblari, yetuk olimlar)bilan uchrashuvlar uyushtirish.
  2. Fanlar bo‘yicha mahoratli darslarni o‘tkazish.
  3. Yoshlarni giyohvand va psixotrop moddalardan asrash maqsadida ta’minlash “Giyohvandlik-asr vabosi mavzusida suhbat o‘tkazish.
  4. Qizlarning odob-ahlok,sharm-hayo, tarbiya, muhabbat munosabatlarini e’tiborga olgan holda”Qizlarning erta turmush qurishlari “haqida davra suhbati o‘tkazish.

30.01.2019da Toshkent farmatsevtika institutining DTT, UN kimyo va AK kafedralari professor o‘qituvchilari va 254-maktab rahbariyati o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, umumta’lim maktabida tahsil olayotgan o‘quvchilarning ilm-fan va kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish va bunda o‘quvchilarning ma’suliyatini yanada oshirish yuzasidan Toshkent farmatsevtika instituti va umumta’lim maktabi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida 254- maktab o‘quvchilarining 8-9- sinf o‘quvchilari Toshkent farmatsevtika institutiga  tashrif buyurishdi. Bunda o‘quvchilarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish maqsadida (fan arboblari, yetuk olimlar)bilan uchrashuvlar uyushtirildi. Prof. X.Mamedov ijtimoiy fanlari kafedra mudiri, Biologiya fanlari nomzodi A.Abzalovlar, Farmasevtik kimyo kafedrasi prof. Ubaydullaev Q.A.so‘zga chiqishdi. So‘ng DTT kafedrasi mudiri, prof. Y.S.Karieva va kafedra assistenti M.A.Tashmuxamedova mahoratli darslar  o‘tkazib berishdi.

     

3. Yoshlarni  giyohvand va psixotrop  moddalardan asrash maqsadida ta’minlash “Giyohvandlik-asr vabosi” mavzusida suhbat o‘tkazildi va video-rolik namoyish etildi.

4. Qizlarning odob-ahlok,sharm-hayo, tarbiya, muhabbat munosabatlarini e’tiborga olgan holda”Qizlarning erta turmush qurishlari “haqida davra suhbati o‘tkazildi..

     

DTT  kakfedra mudiri, prof. :                               Y.S. Karieva