Talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, ahloqiy va umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib qilishga hamda o‘z maqsadlari va  qadriyatlarini anglashlariga qaratilgan “Hayot qadri  haftaligi” aksiyasi

30.01.2019, 17:38 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2132

      Ma’lumki talabalik davri insonning hayotidagi eng ahamiyatli davr hisoblanadi. Bu davrda insonda mustaqillik, ijodiy faoliyat yo‘nalishlari, shaxsiy va kasbiy qadriyatlar shakllanadi. Ammo, ba’zan ish, o‘qish, oila, do‘stlar bilan bo‘lib, talabalar o‘zlarining maqsadlari, yutuq va kamchiliklarini tahlil qilishga ko‘p xam ahamiyat qaratmaydilar. Ayniqsa texnika rivojlanib, ko‘p vaqtimiz internet va ijtimoiy tarmoqlarga sarf bo‘layotgan vaqtda talabalarning reallikdan ko‘ra virtual hayotga qiziqishlari kun sayin oshib bormoqda.

 Mazkur aksiyani tashkil qilishdan maqsad:

-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish;

-o‘zining maqsad va intilishlarini anlashlariga imkon berish;

-yoshlarning real hayotga qiziqishlarini rivojlantirish;

-atrofdagilarga, ayniqsa, e’tiborga muxtoj insonlarga nisbatan empatiya xissini shakllantirish;

-o‘z imkoniyatlari va qadriyatlarini anlab, mavjud shart sharoitlarini qadrlash;

-hayotni va vaqtni qadrlash, undan samarali foydalanish mas’uliyatini shakllantirishdir.

2019 yil 29 yanvar kuni mazkur aksiyani birinchi kuni boshlandi.

Aksiyani 1-kungi mavzusi “Mening idealim”

Maxsus bannerga stikkerlar va rangli ruchkalarda talabalar o‘zlari uchun ideal deb bilgan inson, tarixiy shaxs, davlat rahbarlari, tadbirkorlar yoki boshqa inson xaqida yozadilar. Unda shu insonning kimligi, asosiy faoliyati va hurmatga, e’tirofga sabab bo‘lgan asosiy sifatlari yoziladi. Bundan ko‘zlangan maqsad;

  • Yoshlarning kimlarga taqlid qilishlari, o‘z kelajaklarini qanday ko‘rishlari;
  • Jamiyatda bo‘layotgan voqea xodisalarga qanchalik ahamiyat qaratishlarini tahlil qilish.

Shuningdek, o‘zlari uchun kimlarni “ideal” shaxs deb bilishlari mumkinligi haqida fikrlashga, avtoritar insonlarning hayot tarzini tahlil qilishlariga  stimul berishdir.

Institut  matbuot kotibi    N.L.Usmanov

                                        Institut  psixologi    S.Azlarova