Yosh olimlarga grant ajratildi

29.01.2019, 17:16 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2144

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etilgan “Respublika yosh olimlarining innovatsion loyihalari” grant tanlovi g‘oliblari aniqlandi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra aniq, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlar yo‘nalishida to‘qqiz nafar yosh olimga o‘z loyihasini amaliyotga birlamchi tatbiq etishi uchun 5 million so‘mdan berildi.

Yosh olimlarning ushbu loyihalari o‘zini oqlasa va uni O‘zbekiston sharoitida amaliyotga tatbiq etish mumkin bo‘lsa, ularga yana qo‘shimcha 5 million so‘mdan mablag‘ ajratiladi.

Ma’lumot uchun, “Respublika yosh olimlarining innovatsion loyihalari” grant tanlovida bakalavriat, magistratura, doktoranturada tahsil olayotgan, shuningdek, mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy izlanishlar olib borayotgan 18-35 yoshdagi yoshlar o‘zining ilg‘or loyihalari bilan ishtirok etishlari mumkin.