“Yoshlar ma’naviy qiyofasini shakldantirishda oilaning o‘rni” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi

25.01.2019, 12:18 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2100

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida” PQ-3160-son qarorida hamda Toshkent farmasevtika institutida ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va sport-sog‘lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2018 yil noyabr-dekabr hamda 2019 yil yanvar oylariga mo‘ljallangan “YO‘L XARITASI”ning 5-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida institut farmatsiya fakulteti 1 kurs talabalari o‘rtasida “Yoshlar ma’naviy qiyofasini shakldantirishda oilaning o‘rni”, “Talabalarni qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalash” mavzularida ochchiq muloqot tashkil qilindi. Tadbirda institut yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova mavzu yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bordi. Suhbat jarayonida talabalarning ham fikr-mulohazalari bilan yaqindan tanishildi.