2019 yil 9 fevral kuni “ALISHER NAVOIY VA XXI ASR” mavzuida xalqaro ilmiy-nazariy anjuman o‘tkaziladi.

25.01.2019, 12:15 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2010

Olibmen tahti farmonimg‘a oson,
Cherik chekmay Xitodin to Xuroson.

Xuroson demakim, Sherozu Tabriz
Ki, qilmishdur nayi kilkim shakarrez.

Ko‘ngul bermish so‘zumga turk jon ham,
Ne yolg‘uz turk, balkim turkmon ham.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan Xitoydan to Xurosongacha bo‘lgan hududlarni o‘z qalami ostida birlashtirgan buyuk mutafakkir shoir, she’riyat mulkining sultoni Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligi munosabati bilan 2019 yil 9 fevral kuni “ALIShER NAVOIY VA XXI ASR” mavzuida xalqaro ilmiy-nazariy anjuman o‘tkaziladi.

Anjumanda yurtimizning taniqli olimlari, yozuvchi va shoirlari bilan bir qatorda Fransiya, Rossiya, Turkiya, Afg‘oniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston va jahonning boshqa ko‘plab yetakchi universitetlari professorlari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etadi.

Anjuman Alisher Navoiy adabiy merosining jahon tamaddunida tutgan o‘rni, shoir asarlarining xorijiy tillarga tarjima qilinishi, Alisher Navoiy adabiy merosi va matnshunoslik masalalari, ta’lim tizimida Navoiy asarlarini o‘qitish muammolari kabi qator yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi.

Sizlarni 9 fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida kutib qolamiz.