“Huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashamiz!”

23.01.2019, 17:02 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2040

Mamlakatimizda o‘tgan qisqa davrda aholining tinch hayot kechirishini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan aholi salomatligini mustahkamlash, xavfsizligini kafolatlash, fuqarolarning tinch va farovon hayot kechirishini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt  oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida mutlaqo yangi tizimni shakllantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi  PF–5438-son farmoni va tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus  ta’lim vazirligining 2019 yil 17 yanvardagi 87-03-291-sonli xati ijrosini ta’minlash  maqsadida Toshkent farmatsevtika institutida “Huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashamiz!” va “Men huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga mas’ulman!” kabi mavzularda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbir 2019-yil 23-yanvar  kuni soat 14.00 da institutning  katta faollar zalida bo’lib o’tdi.

Tadbir yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, DVS va SM kafedrasi, institut tarbiyachi pedagogi,institut matbuot kotibi va sanoat farmatsiyasi fakulteti tashabbusi bilan tashkil etildi.

Yeg’ilishni  sanoat-farmatsiyasi fakulteti dekani X.Sh.Ilxomov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Tadbirga, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy texnik instituti va Toshkent davlat yuridik universitetidan mehmonlar tashrif buyurdi. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy texnik instituti “Umumnazariy huquq fanlar” kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori Po‘latov Yuriy Sayfievich “Huquqbuzarlik va jinoyatchilikni kelib chiqish sabablari” mavzusida, mazkur institutning “Sohaviy huquqiy fanlar” kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar doktori Suyunova Dilobar Joldasbaevna “Yoshlarni qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalashning o‘ziga xos usullari”, “Sohaviy huquqiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi, yuridik fanlar doktori Xayriev Nodirjon Isroilovich “Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish choralari” kabi mavzularda ma’ruza qildilar. Shuningdek Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoyat xuquqi va kriminologiya”kafedrasi dotsenti, Niyozova  Salomat Saparovna “Voyaga yetmagan yoshlarga nisbatan jinoiy javobgarlik”, To‘raboeva Ziyoda Yakubovna “Huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashamiz” kabi mavzularda talabalarga tushunchalar berdilar.

Tadbir “Yoshlar” radiokanalining “Davr” dasturi va institut veb-sayti orqali yoritilishi rejalashtirildi.

     

     

     

Institut  matbuot  kotibi

  N.L.Usmanova