“2019 yil 1 yanvardan Davlat soliqlariga kiritilgan o‘zgarishlar to‘g‘risida” mavzusida bo‘lib o‘tgan tadbir haqida

23.01.2019, 10:54 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1996

Prezidentimizning 2018 yil 29 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi farmoni va shu yil 26 iyundagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida yurtimiz soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi. Ushbu o‘zgarishlarni targ‘ib qilish maqsadida 2019-yil 18-yanvar kuni, katta majlisllar zalida, soat 10 30 da Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasidan Karimov Akmal Abdullajonovich, Xolmirzaeva Zuhra Azizovna va Ismailova Nargiza Mirqobilovnalarning “2019 yil 1 yanvardan Davlat soliqlariga kiritilgan o‘zgarishlar to‘g‘risida” mavzusida ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda o’quv ishlari bo’yicha prorektor Z.O.Yuldashev, Farmatsevtlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti professor-o‘qituvchilaridan professorlar: X.S.Zaynutdinov, N.Q.Olimov, dotsentlar: U.J.Akromov, A.M.To’htaeva, M.Z.Islamova, X.Q.Bekchanov, N.A.Abdurahmonova, U.X.Usmonov va tinglovchilari,  hamda FITQ kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan D.A.Nazirova, N.X.Rajabovalar va talabalar ishtirok etishdi.

 

Ma’ruzadan so’ng mavzu bo’yicha qizg’in savol-javob bo’lib o’tdi. Malaka oshirish tinglovchilari va professor o‘qituvchilar o‘zlarining barcha qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Tadbir oxirida Institut raxbariyati Davlat soliq boshqarmasi xodimlariga minnatdorchilik bildirishdi.

                                                                           Farmatsevtlar malakasini oshirish

va qayta tayyorlash fakulteti dekani v.b.                     U.J.Akromov