Germaniyada o‘qiyotgan, ilmiy izlanishlar olib borayotgan bir guruh o‘zbekistonlik yoshlar Berlin shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevni katta xursandchilik bilan kutib oldi.

21.01.2019, 17:10 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2002

Mamlakatimiz delegatsiyasi joylashgan qarorgoh oldida samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbari vatandoshlarimizning o‘qish va ishlari, orzu-istaklari bilan qiziqdi.

– Rivojlangan davlatlar barcha sohalarga ilmiy yondashib natijaga erishgan. Biz ham juda katta izlanishdamiz. Butun harakatlarimiz dunyo bilan teng bo‘lishga, xalqimizga munosib hayot yaratishga qaratilgan. Islohotlarni sizdek ilg‘or yoshlar bilan birga amalga oshiramiz. Hamma o‘rgangan bilim, “nou-xau”laringni O‘zbekistonning har bir sohasi intiqlik bilan kutyapti. Qancha ko‘p bilimli bo‘lsak, shuncha qudratli bo‘lamiz,- dedi Shavkat Mirziyoev.

Prezident yoshlarni o‘qish va izlanishlarini muvaffaqiyatli tugatib, bilim va tajribalarini mamlakatimiz rivojiga yo‘naltirishga taklif etdi.

Institut matbuot kotibi    N.L.Usmanova