“Tosh ko‘tarish” sport turi bo‘yicha g‘oliblar

19.01.2019, 15:40 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2493

O‘zbekiston Respublikasi hududlarida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, mamlakatimizda bu borada yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanish natijadorligini oshirish maqsadida joriy yilning 16 – 17 yanvar kunlari Toshkent farmatsevtika instituti xududida joylashgan Akademik litsey sport zalida sportning “Tosh ko‘tarish 16 kg”, “Arqon tortish” va “Armrestling” turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Musobaqada 50 nafar talaba-yigitlar ishtirok etdi.

Musobaqa natijasiga ko‘ra: “16 kg tosh ko‘tarish” bo‘yicha sovrinli o‘rinlarni ya’ni:

 1 – o‘rin sohibi sanoat farmatsiya fakulteti 1-bosqich 104 a gurux talabasi Mirzaev Bektosh;

2 – o‘rinni  sanoat farmatsiya fakulteti 1-bosqich 104 a gurux talabasi Fayzullaev Sardorbek;

3 – o‘rinni sanoat farmatsiya fakulteti Biotexnologiya yo‘nalishi 1-bosqich,101-b guruh talabasi Mutalibov Shaxboz egalladi.

     

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova