“Armrestling” sport turi bo‘yicha g‘oliblar
Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek barcha oliy ta’lim muassasalarida 14 yanvar “Vatan himoyachilar kuni”ga bag‘ishlab turli sport musobaqalari tashkil qilinmoqda. Jumladan joriy yilning 16 – 17 yanvar kunlari Toshkent farmatsevtika instituti xududida joylashgan Akademik litsey sport zalida sportning “Tosh ko‘tarish 16 kg”, “Arqon tortish” va “Armrestling” turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
“Armrestling” sport turi bo‘yicha musobaqa natijasiga ko‘ra:
1 – o‘rin sohibi (75 kg) gacha vazn toifasi bo‘yicha farmatsiya fakulteti 209-A guruh talabasi Xotamjonov Javohir.
2 – o‘rin sohibi (75 kg) gacha vazn toifasi bo‘yicha biotexnologiya yo‘nalishi 201-A guruh talabasi, Yusupov Ixlosbek.
3 – o‘rinni (75 kg) gacha vazn toifasi bo‘yicha, farmatsiya fakulteti 103-A guruh talabasi qozondi. /
Sanoat farmatsiya fakultetidan 1 – o‘rin 104-a guruh talabasi Mirqosimov;
(75+kg) gacha vazn toifasi bo‘yicha sohibi
2 – o‘rin sohibi (75+kg) gacha vazn og‘irligi bo‘yicha Sanoat farmatsiya fakulteti 104-A guruh talabasi Mirzaev Bektosh.
3 – o‘rin sohibi (75+kg) gacha vazn og‘irligi bo‘yicha Sanoat farmatsiya fakulteti 5-bosqich, 510-A guruh talabasi Obloqulov Jahongir egalladi.
Musobaqa yakunida g‘olib chiqqan talab yigitlar institut tomonidan 1,2,3-darajali diplomlar bilan taqdirlandilar.
Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova