“Kapsulalar. Kapsulalar ta’rifi, tasnifi, tavsifi”mavzusida ochiq dars o’tkazdi.

17.01.2019, 14:18 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2988

“Dori vositalar sanoat texnologiyasi” kafedrasi assistenti T.D. Safarovaning 3-kurs sanoat farmatsiya yo’nalishi 302-A guruh talabalariga “Farmatsevtik texnologiya” fanidan “Kapsulalar. Kapsulalarni ta’rifi, tasnifi, tavsifi. Kapsulalarni tayyorlash texnologiyasi” mavzusida ochiq darsi bo’lib o’tdi.

Darsning maqsadi: Kapsulalar haqida umumiy ma’lumotga ega bo’lish, kapsulalarni olinish texnologiyasi bilan tanishish va kapsulalarni olinishiga ko’ra turlarga bo’lish.

Kapsulalar mavzusida savol-javob boshlandi. Dars “o’z raqamingni tanla” pedogogik texnologiya o’yini bilan hamda “domino” pedogogik texnologiyasi bilan dars jarayoni davom etdi va  talabalar bilimi sinaldi. “Domino” pedogogik texnologiyasi asosida talabalar ikkita kichik guruhlarga bo’linib o’yinni davom ettirishdi. Dars jarayoni shu mavzuga oid prezintatsiya bilan bir vaqtning o’zida yoritildi. Darsda talabalar faol ishtirok etdilar. Darsda o’qitishning pedagogik innovatsion texnologiyalardan, video roliklardan, aqliy hujum kabi usullardan foydalanildi.

O’qituvchi dars jarayonida tarqatma materiallardan foydalandi. Bu talabalarda ko’rish, tushunish, tinglash ko’nikmalarini oshirishga yordam berdi. Talabalar mavzuni o’zlashtirib, barcha savollarga javob oldilar.