OTMlararo sportning “Mini-futbol” turi bo‘yicha Toshkent farmatsevtika instituti qatnashchilari birinchilikda.

17.01.2019, 12:32 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2434

2019 yil 14-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda 14-yanvar “Vatan himoyachilari” kuniga bag‘ishlab “Vatan himoyasi-muqaddas burch” shiori ostida Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida sportning “Mini-futbol” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Musobaqa Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat institutida bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada 5 ta OTM ning futbol terma jamoalari qatnashdilar. Uchrashuv boshlanishidan avval  barcha OTM ishtirokchilari o‘rtasida  qurra tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 1 o‘yin Toshkent farmasevtika instituti va Jahon iqtisodiyot va diplomatiya  univesiteti bilan keskin  baxslar ostida bo‘lib o‘tdi va bizning “Farmasevtlar” futbol terma jamoasi 6:4 hisobi bilan final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar. Musobaqaning final bosqichida farmasevtika institutining qatnashchilari Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat instituti ishtirokchilarini mag‘lub etdi va musobaqaning 1-o‘rin g‘olibligini qo‘lga kiritdilar.   Musobaqa yakunida TTESI Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor U.T.Abdullaev tomonidan musobaqada 1,2,3- o‘rinlarni egallagan futbol terma jamoa a’zolariga 1,2,3-darajali diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Toshkent farmatsevtika instituti qatnashchilarini 1-o‘rin g‘olibi bo‘lganliklari munosabati bilan institut rahbariyati noidan tabriklaymiz.

     

     

Institut matbuot kotibi    N.L.Usmanova