Tayanch doktorantlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyalari sohiblari aniqlandi.

17.01.2019, 11:51 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2194

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi 226-son Qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’at Kengashining qarori bilan 2019 yil uchun tayanch doktorantlar o‘rtasida  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyalari sohiblari aniqlandi.

Qishloq va suv xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha

👉  Reymov Mamanbek Polatovich – Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti tayanch doktoranti;

Energetika, resurslar, sanoat yo‘nalishi bo‘yicha

👉 Boboev Akmaljon Xatamovich – Toshkent kimyo-texnologiya instituti tayanch doktoranti;

Tabiiy fanlar, axborot texnologiyalari va boshqaruv yo‘nalishi yo‘nalishi bo‘yicha

👉  Karimov Jasurbek Alisherovich  – V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti tayanch doktoranti.