KOREYA IXTIROCHI AYOLLAR ASSOTSIATSIYASI DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV.

15.01.2019, 16:43 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2022

2019-yil 14-yanvarda “Farmakognoziya va dori vositalarini standartlash” kafedrasining dotsenti Abduraxmonova Nargiza Abdumajidovna Turin politexnika universitetida Koreya Ixtirochi ayollar assotsiatsiyasi delegatsiyasi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ishtirok etdi. Koreya Ixtirochi ayollar assotsiatsiyasi Prezidenti Yun Mung Xi tomonidan prezentatsiya taqdim etildi. Uchrashuv doirasida O’zbekiston Ixtirochi ayollar uyushmasi va Koreya Ixtirochi ayollar assotsiatsiyasi o‘rtasida Memorandum imzolandi. Shuningdek, uchrashuvga bag‘ishlangan “Ixtirochi ayollar-2019” ko‘rgazmasi tashkil etildi.