Toshkent farmatsevtika institutida 14-yanvar Vatan ximoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

15.01.2019, 14:21 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1910

Ma’lumki, vatanparvarlik har bir davlat hayotining ma’naviy asosi hisoblanadi va jamiyatni har tomonlama rivojlantirish borasida eng muhim safarbar etuvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi.

Mana shu murakkab ishda armiya saflarida mardlik va matonat, vatanga sadoqat bilan xizmat qilish maktabini o‘tagan navqiron o‘g‘lonlarimiz ishonchli tayanch va suyanch bo‘lib xizmat qiladi.   O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 14-yanvada qabul qilingan “Vatan himoyachilari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonuniniga binoan 14-yanvar Vatan ximoyachilari kuni milliy bayram sifatida katta tantana bilan yurtimizda nishonlanib kelinmoqda.

Sizu bizning bugungidek tinch, xotirjam xayotimiz Qurolli kuchlarimiz tomonidan ishonchli ravishda ximoya qilinmoqdaki, mana shunday ma’suliyatli burchni sidqidildan ado etayotgan, taraqqiyotimiz barqarorligiga kamarbasta bo‘layotgan o‘g‘lonlarimizni ko‘kka ko‘tarsak arziydi.

2019 yil 14-yanvar kuni  soat 15.00 da Toshkent farmatsevtika  institutining katta  faollar zalida  “Vatanni himoya qilish – sharafli, oliyjanob va mas’uliyatli burch”, “Milliy armiya – xalqimiz ishonchi, Vatanimiz qudratidir”  mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirga Toshkent  shahar Favqulotda Vaziyatlar Vazirligi va  Tibbiyot xizmati hodimlari tashrif buyurdilar. Tadbirni institut o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektori Yuldashev Zokirjon Abidovich kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Favqulotda Vaziyatlar Vazirligi, ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik bo‘limi boshlig‘i,kapitan Orziev Abdumalik Fozilovich “Milliy armiyamiz yoshlarimiz qalbida sadoqat, jasorat, matonat tuyg‘ularini mustahkamlovchi hayot maktabidir”mavzusida, Tibbiyot xizmati mayori Ernazarov Sherali “Vatanni himoya qilish – sharafli, oliyjanob va mas’uliyatli burch, Tibbiyot xizmati letenanti  Kariev Akrom Safarovich “Armiya – yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi ramzi” mavzularida ma’ruzalar qildilar. Shuningdek Sanoat farmatsiyasi fakulteti metrologiya yo‘nalishi 3- kurs 301-Bguruh talabasi Jalilova Umida Asqaralieva O‘zbekiston yagona Vatanim, milliy armiyam faxrim, tayanchim” mavzusida sheriy chiqishini namoyon etdi.

     

Tadbir so‘ngida ilmiy va innovatsion ishlar bo‘yicha prorektor Normaxamatov Nodirali Saxobatalievich bayram bilan barchani tabrikladi hamda hamda “Innovatsion yarmarka” g‘oliblarini taqdirladi.

Tadbirda jami 200 nafar talabalarning ishtiroki ta’minlandi.

     

     

     

Institut matbuot kotibi      N.L.Usmanova