14 yanvar-Vatan ximoyachilari kuni munosabati bilan TABRIKNOMA

14.01.2019, 16:34 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2783

Ma’lumki, vatanparvarlik har bir davlat hayotining ma’naviy asosi hisoblanadi va jamiyatni har tomonlama rivojlantirish borasida eng muhim safarbar etuvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi.

Mana shu murakkab ishda armiya saflarida mardlik va matonat, vatanga sadoqat bilan xizmat qilish maktabini o‘tagan navqiron o‘g‘lonlarimiz ishonchli tayanch va suyanch bo‘lib xizmat qiladi.   O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 14-yanvada qabul qilingan “Vatan himoyachilari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonuniniga  binoan 14 yanvar-Vatan ximoyachilari kuni milliy bayram sifatida katta tantana bilan yurtimizda nishonlanib kelinmoqda.

Sizu bizning bugungidek  tinch, xotirjam xayotimiz Qurolli kuchlarimiz tomonidan ishonchli ravishda ximoya qilinmoqdaki, mana shunday  ma’suliyatli burchni sidqidildan ado etayotgan,taraqqiyotimiz barqarorligiga kamarbasta bo‘layotgan o‘g‘lonlarimizni ko‘kka ko‘tarsak arziydi.

Bugungi kunda yurtimizning mard, jangovar o‘g‘lonlari uchun, ularning oila a’zolari, farzandlari uchun muhtaram Prezidentimiz tomonidan keng imtiyozlar yaratilib kelinmoqda. Bunga misol qilib mamlakatimizning barcha mintaqalarida harbiy xizmatchilarning oilalari uchun imtiyozli kreditlarni olshimiz mumkin.

Mana shunday xalqi uchun fidoiy o‘g‘lonlarmiz bor ekan, ertangi kunga ishonchimiz ham yuksalib boraveradi.

Muhtaram Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek “Bugungi kunda milliy armiyamiz ming-minglab o‘g‘lonlarimiz uchun chinakam mardlik, fidoyilik, haqiqiy vatanparvarlik maktabiga aylangani, hech shubhasiz, shu yo‘lda erishgan eng katta yutug‘imizdir. Bu haqiqatni yurtimizdagi barcha ota-onalar, butun xalqimiz g‘urur bilan, minnatdorchilik bilan e’tirof etmoqda.

Shunday ekan Vatanni sevish, ardoqlash, ximoya qilish- har birimizning  sharafli burchimizdir. Shu fursatdan foydalanib

Yurtimizdagi barcha xarbiy xizmatchilarni,faxriy ustozlarni 14 yanvar “Vatan ximoyachilar kuni”bayrami bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz Vatan tinchligi yo‘lida qilayotgan  fidokorona mehnatlaringiz,jasoratingiz tahsinga loyiqdir.Xalqimiz e’tirof etganidek, “ Vatanni  mard o‘g‘lonlar qo‘riqlaydi”.

Ko‘ksi qalqon, yuragida, vatanparvarlik tuyg‘usi yuksak, jasoratli yurtimiz o‘g‘lonlari    Bayramingiz muborak bo‘lsin.

Sizni hech qachon mardlik, Vatanga sadoqatlik, kasbiga xalolik, xalqimiz xizmatida fidoiylik tark etmasin.

Institut rahbariyati