Farmatsevtika instituti talabalarining “Vatan himoyachilar kuni”ga bag‘ishlangan tadbirdagi ishtiroki.

12.01.2019, 17:54 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2233

2019 yil 11-yanvar kuni Toshkent shahar MDU filiali M.V.Lomonosov nomidagi institutda Mirobod tumani hokimiyati, OTM, jamoat kengashi hamkorligida “Vatan himoyachilar kuni”ga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda Mirobod tumani hokimi Sh.A.Po‘latov va Mirobod tumani xotin-qizlar qo‘mitasi raisi F.V.Madaminovalar tomonidan harbiy xizmatchilarga fahriy yorliqlar va estalik sovg‘alari taqdim etildi. Bayram dasturida institut talabalarining chiqishlari kiritilgan bo‘lib, tadbir jarayonida institut rahbariyati nomidan bayram tabriklari hamda badiiy qismlar namoyish etildi. Tadbir davomida Toshkent farmasevtika instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova va institut tarbiyachi-pedagogi N.E.Yusupovalar rahbarligida sanoat farmatsiyasi fakulteti 2 kurs talabalari U.Jalilova va A.Komilov tomonidan olib borilgan amaliy ishlar uchun Mirobod tumani xotin-qizlar qo‘mitasi raisi F.V.Madaminova o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Tadbirda jami 300 nafar harbiy xizmatchilar, rahbar xodimlar, OAVlari xodimlari, talabalarning ishtiroki ta’minlandi.