Janubiy Qozog’iston Tibbiyot akademiyasi talabalarining amaliyot o‘tash uchun Farmatsevtik kimyo kafedrasiga tashrifi buyurgan talabalar ARMda.

11.01.2019, 15:57 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2136

Toshkent farmatsevtika institutining farmatsevtik kimyo kafedrasi mudiri X.Q.Olimov va professor-o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3775-sonli “O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim muassalarining o‘zaro kelishuvi xamda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida talabalarni o‘qitishning tashkil etish va ikki tomonlama tan olinadigan diplom berish amaliyotini joriy etish” qarorlarini muayyan darajada bajarish maqsadida Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi va Institutimiz o‘rtasida 2018-yilda tuzilgan Memorandumga binoan, 2019-yil 4-yanvardan 18-yanvargacha bo‘lgan muddatda “Farmatsevtik va toksikologik kimyo” kafedrasining magistranti Mirsoatova Mohinur rahbarligida 5-kursning bir guruh talabalari,

1.Aqil Esem Mahmut qizi

2.Mamaraximova Ug‘iloy Nuriddin qizi

3.Anvar Ardaq Omirbek qizi

4.Raqimjan Janerke Jenibek qizi

5.Risqulbek Eygerim Talg‘at qizi

6.Temirbay Albina Temirbay qizi

7.Etem Balishma Bektemir qizi

8.Jarilkasin Altinay Nurlan qizi

9.Inayat Gulnaz Edilxan qizi

10.Mirzabay Aysha Eliardaq qizi

Farmatsevtik kimyo kafedrasiga amaliyot o‘tashga tashrif buyurdilar. Talabalarni farmatsevtik kimyo kafedrasi mudiri dotsent X.Q.Olimov rahbarligida Axborot-resurs markazi bilan tanishtirildi. ARM xizmat ko‘rsatish bo‘limi mudiri  Sotvoldieva Barno  “Scopus” va “Science Direct” ma’lumotlar  izlash  bazasi haqida tushuncha berdi. B. Sotvoldieva Sciense Directning  afzalikklari, Sciense Direct ma’lumotlar bazasidan  izlash , Sciense Direct  va  Scopus atamalarining mazmuni, ishlash tizimi va ma’lumotlarni joylash bo‘yicha qozog’istonlik talabalarga  amaliy yordam berib,  ushbu ma’lumotlar bazasiga a`z o bo`lishlariga ko`maklashdi.

Axborot-resurs markazi