Toshkent Farmatsevtika instituti­­da 3-10.01.19 kunlari tashkil etilgan ingliz tilini mustaqil  o‘rganuvchi asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilar uchun  “Ingliz tili”kurslari

10.01.2019, 16:21 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2399

Toshkent Farmatsevtika instituti  “Tillar” kafedrasi tomonidan 3-10.01.2019  sanalarda tashkil etilgan darslarda kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan “Our institute” ,” Jobs and People”, “Asking directions”, “My company”, “Making presentations” , “Effective use of video materials” kabi mavzularda  darslar o‘tildi . Shuningdek bilimlar yuzasidan  test topshirildi va “Effective use of video materials” mavzusida o‘zlari o‘tayotgan fan doirasida videolar topib uni qisqa annotatsiyasini tuzib kelish vazifalari berildi. Ijtimoiy fanlar kafedrasidan 17 nafar , Toksikologik Kimyo kafedrasidan 7 nafar, F.I.T.Q kafedrasidan 16 nafar , Organik va biologik Kimyo kafedrasidan 17nafar , Farmatsevtik kimyo kafedrasidan 14 nafar , Fizika va matematika kafedrasidan 19 nafar , Farmakognoziya kafedrasidan 5 nafar, Tibbiy va biologik kimyo kafedrasidan 12 nafar , D.T.T kafedrasidan 9 nafar  , DVS va SM kafedrasidan 16 nafar, Noorganik fizik va kolloid kimyo kafedrasidan 14 nafar , Farmakologiya kafedrasidan 9 nafar  , D.V.S.T kafedrasidan 7 nafar, Biotexnologiya kafedrasidan 8 nafar, Tillar kafedrasidan 8 nafar jami 178 nafar  o‘qituvchilar kurslarda qatnashishdi.

Kurs jarayonida profesor-o‘qituvchilarining ingliz tilini bilish darajasi V1 darajadagi testlar asosida baholandi. Testlarda ishtirok etgan o‘qituvchilar soni – 157 nafar : 12 nafar – 100-86%; 52- nafar- 71-85% va qolgan 93 nafar 70-55% ko‘rsatkichni namoyon qilishdi. 2018 yil 10 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan talabalar qishki ta’tili davrida professor-o‘qituvchilar uchun tashkil etilgan seminarning yakuniy yig‘ilishida Tillar kafedrasi mudiri S.To‘ychiyeva tashkil etilgan kurslar bo‘yicha hisobot berdi.