Farmatsevtik kimyo kafedrasida, Janubiy Qozoqiston Tibbiyot akademiyasi talabalari amaliyoti davom etmoqda

10.01.2019, 14:45 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2411

Farmasevtik kimyo kafedrasiga amaliyot o‘tash uchun tashrif buyurgan bir guruh, Janubiy Qozoqiston Tibbiyot akademiyasi talabalari amaliyoti Institut qoshidagi Dori vositalarini standartlash ilmiy markazi laboratoriyasida kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan olib borilmoqda.  Talabalar laboratoriyada yaratilgan sharoitdan unumli foydalanib tasdiqlangan reja asosida o‘z amaliy ishlarini bajarishmoqda

Talabalar Ilmiy markaz laboratoriyasining, farmakologiya bo‘limida bo‘lib u yerdagi sharoitlar bilan tanishdilar so‘ngra, dori moddalarini pirogenligini aniqlash jarayonini, markaz farmakologlari rahbarligida amalga oshirmoqdalar

     

Dori yuborilgan hayvon ichki organlaridan zaharlanish belgilarini o‘rganish jarayonidan lavhalar

     

Quyonga dori yuborish jarayonidan lavha

Shuningdek talabalar, kafedra dotsenti R.A. Husainova ravhbarligida dori vositalari chinligini, tarkiban sofligini hamda ular miqdorini aniqlashda fizikaviy tahlil usullaridan refraktometriya, polyarimetriya, potensiometriya usullaridan  keng foydalanilib tahlilini amalga oshirilmoqdalar.

Dori shaklini tahlilga tayyorlash jarayoni

     

     

Kafedra mudiri dotsent                   X.Q. Olimov