“O‘quv-uslubiy” seminarning yakuniy qismlari  bo’lib o’tdi.

10.01.2019, 13:55 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, nutqlari hamda normativ me’yoriy-xuquqiy xujjatlarining mazmuni, mohiyati va ahamiyatini Respublika oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari ongiga singdirish hamda OO‘MTVning 2019 yil 3 yanvardagi 87-03-01-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida talabalarning qishki ta’tili davomida institut professor-o‘qituvchilari ishtirokida seminar-treninglar tashkil etib borilmoqda.

2019 yil  10 yanvar kuni Toshkent farmatsevtika institutining  katta faollar zalida  mazkur seminarning yakuniy qismi bo‘lib o‘tdi.

“Yosh pedagoglar bilan ishlash kengashi” raisi A.Karimov “Institut yosh pedagoglari bilan ishlash borasidagi muammolarva rejalar”, monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i K.A.Cho‘lponov “Kafedralarning 2018-2019 o‘quv yilining 2-yarmiga tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish natijalari monitoringi” mavzusida, fizika matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri, dotsent K.K.Shadmonov “Axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulotlarning hisoboti” mavzularida ma’ruzalar qildilar.

Shuningdek seminar treningda  Karaganda tibbiyot universitetida bo‘lib o‘tgan “Perexod k universitetskoy avtonomii v Kazaxstane” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyada ishtiroki xususidagi viderolik namoyish etildi.

Talabalarning qishki ta’tili davomida institut professor-o‘qituvchilari ishtirokidagi seminar-treningni yakunlovchi qismi institutning o‘quv va uslubiy bo‘lim boshlig‘i N.Abzalova hamda monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i K.A.Cho‘lponov nutqi bilan yopildi.

     

     

     

     

Institut matbuot kotibi   N.L.Usmanova