Toshkent  farmatsevtika instituti xodimlarining “Olmazor tibbiyot” kollejiga tashrifi.

10.01.2019, 09:37 Institut yangiliklari, Yangiliklar 5794

Yurtimizda ta’lim tizimiga qaratilgan e’tibor kundan kunga rivojlanib bormoqda. Bu borada oliy ta’lim muassasalarida ham keng qamrovli ishlar bajarilmoqda. Oliy ta’lim muassasalari bilan kollejlar o‘rtasida xamkorlik aloqalari yanada mustaxkamlanib borilmoqda. Jumladan 2019 yil 8 yanvar kuni Toshkent farmatsevtika institutining Dori vositalarini sanoat texnologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari dotsent A.D.Tadjieva, dotsent O.R.Raximova, hamda kafedraning  katta o‘qituvchisi S.T.Sharipova “Olmazor tibbiyot” kollejida bo‘lib o‘tgan “Yangi pedagogik va ilmiy-innovatsion texnologiyalarni o‘quv jarayonida qo‘llash” mavzusidagi  ilmiy-amaliy seminarda ishtirok etdilar. Mazkur seminarda  D.Tadjieva “Sanoatda etil spirtini quvvatini aniqlash, suyultirish, hisobga olish”,  dotsent O.R.Raximova “Ma’ruza mashg‘ulotlarida pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalarni qo‘llash”, kafedra katta o‘qituvchi S.T.Sharipova “Tabletkalarni ta’rifi, tavsifi, tasnifi, ularni tayyorlash texnologiyasi” mavzusida  master klasslar tashkil etdilar. Shu bilan bir qatorda mavzular yuzasidan  munozaralar va savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Toshkent farmatsevtika instituti xodimlarining  “Olmazor tibbiyot kolleji” ga tashrifi yuzasidan “Olmazor tibbiyot kolleji” direktori J.Z.Xakimov  institut raxbariyatiga 2019 yil 8 yanvar kuni 07/500-son bilan “Tashakkurnoma” taqdim etdi.

Institut matbuot kotibi   N.L.Usmanova