Institutda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish hamda uzluksiz ta’lim tizimi muassasalari xodimlarining ma’naviy-ma’rifiy masalalarida malakasini oshirish yuzasidan videoroliklar namoyish etildi.

10.01.2019, 09:22 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2069

OO‘MTVning   2018 yil  31 dekabrdagi 87-03-4548-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida institutda 2019 yil 9 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan “Pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tarmoq markazlarida ortirilgan ko‘nikmalarni o‘quv jarayoniga tadbig‘i” mavzusidagi seminarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish hamda uzluksiz ta’lim tizimi muassasalari xodimlarining ma’naviy-ma’rifiy masalalarida malakasini oshirish maqsadida Toshkent davlat yuridik universiteti katta o‘qituvchisi E.Rahmatovning “Yoshlar huquqiy madaniyatini oshirishning innovatsion yo‘llari” mavzusida tayyorlagan videofilmi namoyish etildi.

Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlarining mazmun – mohiyati professor-o‘qituvchilarning e’tiboriga yetkazish reja asosida amalga oshirilishi belgilab olindi.

Mazkur seminarda 200 nafar professor-o‘qituvchilarning ishtiroki ta’minlandi.

     

     

Institut matbuot kotibi   N.L.Usmanova