Institutda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish hamda uzluksiz ta’lim tizimi muassasalari xodimlarining ma’naviy-ma’rifiy masalalarida malakasini oshirish yuzasidan videoroliklar namoyish etildi

08.01.2019, 17:13 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2400

OO‘MTVning 2018 yil 31 dekabrdagi 87-03-4548-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida institutda 2019 yil 8 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan “Halqaro hamkorlik borasida islohotlar”mavzusidagi seminarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish hamda uzluksiz ta’lim tizimi muassasalari xodimlarining ma’naviy-ma’rifiy masalalarida malakasini oshirish yuzasidan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi xodimi A.Qodirovning “Uch bosqichli ma’naviy tarbiya konsepsiyasining barkamol jamiyatni shakllantirishdagi ahamiyati” mavzusida tayyorlangan videoroligi namoyish etildi.

Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2017 yil 9 avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarida pedagogika yo‘nalishida maxsus sirtqi bo‘limlarni tashkil etish  to‘g‘risida”gi hamda 2017 yil 24 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xuzurida budjetdan tashqari ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorlarining mazmun mohiyati institut professsor-o‘qituvchilari e’tiboriga yetkazildi.

Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlarining mazmun – mohiyati professor-o‘qituvchilarning e’tiboriga yetkazish reja asosida amalga oshirilishi belgilab olindi.

Mazkur seminarda 200 nafar professor-o‘qituvchilarning ishtiroki ta’minlandi.

     

     

Institut matbuot kotibi   N.L.Usmanova