Institutda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish hamda uzluksiz ta’lim tizimi muassasalari xodimlarining ma’naviy-ma’rifiy masalalarida malakasini oshirish yuzasidan videoroliklar namoyish etildi.

07.01.2019, 17:11 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2172

OO‘MTVning   2018 yil  31 dekabrdagi 87-03-4548-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida institutda 2019 yil 7 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan “Halqaro hamkorlik borasida islohotlar”mavzusidagi seminarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish hamda uzluksiz ta’lim tizimi muassasalari xodimlarining ma’naviy-ma’rifiy masalalarida malakasini oshirish yuzasidan tayyorlangan videoroliklar namoyish etildi.

Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2017 yil 16 fevraldagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi hamda 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorlarining mazmun mohiyati institut professsor-o‘qituvchilari e’tiboriga yetkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlarining mazmun – mohiyati professor-o‘qituvchilarning e’tiboriga yetkazish reja asosida amalga oshirilishi belgilab olindi.

Mazkur seminarda 200 nafar professor-o‘qituvchilarning ishtiroki ta’minlandi.

     

     

Institut matbuot kotibi   N.L.Usmanova