“Halqaro hamkorlik borasida islohotlar” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

07.01.2019, 16:47 Institut yangiliklari, Xalqaro yangiliklar, Yangiliklar 2288

Mamlakatimizda ta’lim sohasidagi islohotlarning amalga oshirilishi, o‘qitishning mazmun va mohiyatini tubdan yangilashda o‘tgan qisqa ikki yil ichida ta’lim islohotlariga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, nutqlari hamda normativ me’yoriy-xuquqiy xujjatlarining mazmuni, mohiyati va ahamiyatini respublika oliy ta’lim muassasa professor-o‘qituvchilari ongiga singdirish hamda OO‘MTVning 2019 yil 3 yanvardagi 87-03-01-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida seminar-treninglar tashkil etib borilmoqda.

2019 yil 7 yanvar kuni Toshkent farmatsevtika institutining katta faollar zalida “Halqaro hamkorlik borasida islohotlar” mavzusida o‘quv-uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi.

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor N.S.Normaxamatov “Erasmus plus xalqaro dasturi mohiyati va mazkur loyihada Toshkent farmatsevtika instituti professor-o‘qituvchilarining ishtirokini ta’minlash” mavzusida ma’ruza o‘qidi.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendianti, Tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi A.E.Abdullaeva “Nile (Norowich Institutefor language education)- Buyuk Britaniya, Norvich-til o‘qitish institutda ortirilgan tajriba va malakalarni Toshkent farmasevtika institutida tadbiq etish usullari” mavzusi yuzasidan, sanoat farmatsiyasi fakultetining yoshlar masalalari bo‘yicha dekan muovini Z.U.Mamatqulov “Shaxsiy samaradorlikni oshirishga qaratilgan Self-menejementini shakllatirishda Soft-skills ko‘nikmalarining ahamiyati” mavzusida ma’ruza qildilar.

Shuningdek Argonik va biologik kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi M.A.Tulyashova, “Xitoy xalq tabobatida qo‘llanadigan an’anaviy usullar va ularning O‘zbekistondagi tadbig‘i” mavzusida, “Xindistonda biofarmasevtik preparatlar bilan bog‘liq zamonaviy tendensiyalar va muammolar” mavzusi yuzasidan Farmasevtlar malakasini oshirish  va qayta tayyorlash fakulteti, farmasevtika ishini tashkil qilish va farmasevtik texnologiya kafedrasi dotsenti X.K.Bekchanov,Noorganik, fizik va koloid kimyo kafedrasi mudiri A.T.Sharipov “Janubiy Koreyaning Chenju shaxrida bo‘lib o‘tgan simpozium tavsilotlari xaqida”, “Innovatsionnыe meditsinskie texnologii” Moskva shaxrida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiya yuzasidan Tibbiy va biologik fanlar kafedrasi dotsenti A.Abzalova o‘z chiqishlarini taqdim etdilar. Shu bilan bir qatorda Amaliy xorijiy til hamda  axborot texnologiyalari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Seminarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish hamda uzluksiz ta’lim tizimi muassasalari xodimlarining ma’naviy-ma’rifiy masalalarida malakasini oshirish yuzasidan tayyorlangan videoroliklar namoyish etildi.

Mazkur seminarda  institutning barcha professor-o‘qituvchilarining ishtiroki ta’minlandi.

     

     

     

     

Institut matbuot kotibi   N.L.Usmanova