“O‘quv va  tarbiyaviy ishlar borasida olib borilayotgan ishlar” mavzusida o‘quv uslubiy seminar tashkil etildi.

05.01.2019, 15:22 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2473

2019 yil 5 yanvar kuni  Toshkent farmasevtika institutining katta faollar zalida soat 9-30  dan 15-00 ga qadar “O‘quv va tarbiyaviy ishlar borasida olib borilayotgan ishlar” mavzusida o‘quv uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminarni institutning  O‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektori v/b O.I.Xudoyberdiev kirish so‘zi bilan ochib berdi.

     

Seminarni adabiyotshunos olim Sultonmurod Olim “Ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda professor-o‘qituvchilarning o‘rni” mavzusidagi ma’ruzasi bilan davom ettirdi.

Institut psixologi S.A.Azlarova “Talabalar bilan muloqot usullarining professor-o‘qituvchilar faoliyatidagi kasbiy so‘nish sindromining oldini olishdagi axamiyati” mavzusida ma’ruza o‘qidi.

Shuningdek Axborot texnologiyalari markazi boshlig‘i A.S.Baydullaev “Moodle va Unisys tizimlarining  imkoniyatlari va ulardan o‘quv jarayonlarida foydalanish” mavzusida ma’ruza o‘qidi.

Shu bilan bir qatorda Amaliy xorijiy til hamda  axborot texnologiyalari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Mazkur seminarda  institutning barcha professor-o‘qituvchilarining ishtiroki ta’minlandi.

Institut matbuot kotibi   N.L.Usmanova