“Isloxotlar –tibbiy oliy ta’limni rivojlantirish yo‘lida” mavzusida o‘quv uslubiy seminar tashkil etildi.

04.01.2019, 15:35 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2109

Toshkent farmasevtika institutining katta faollar zalida soat 9-30  dan 14-15 ga qadar “Isloxotlar –tibbiy oliy ta’limni rivojlantirish yo‘lida” mavzusida o‘quv uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminarni institutning ilmiy va innovatsion sohalar bo‘yicha prorektori N.S.Normaxamatov kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda “Innovatsion-taraqqiyot garovi” mavzusida ma’ruza qildi.

O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i N.A.Abzalova yig‘ilish qatnashchilariga “Isloxotlar-tibbiy goliy ta’limni rivojlantirish yo‘lida” mavzusida ma’ruza o‘qidi.

Shuningdek Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejementi kafedrasi mudiri F.S. Jalilov “Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkbining o‘quv yuklamasi hamda o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarini belgilash qoidalarini amalda tadbiq etishdagi muammolar va ularning yechimlari” mavzusi  bo‘yicha, “Murabbiylar kengashi raisi” N.S.Salimsakova “Murabbiylar kengashi” faoliyatidagi me’yoriy hujjatlarning yuritilishi bo‘yicha ma’ruzalar o‘qishdi.

Shu bilan bir qatorda Amaliy xorijiy til hamda  axborot texnologiyalari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Mazkur seminarda institutning barcha professor-o‘qituvchilarining ishtiroki ta’minlandi.

     

     

     

 

Institut matbuot kotibi   N.L.Usmanova